AsosiyJamiyat

Samarqandda avtomashinalarga "texpasport" berilmayaptimi? YHXBB izoh berdi

'Samarqandda avtomashinalarga "texpasport" berilmayaptimi? YHXBB izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda, "GAI"da navbatdagi tartibsizlik. Samarqandda avtomashinalarga"tex pasport" berilmayapti, jarima va bildirishnomalar jo`natilmayapti" sarlavhasida xabarlar tarqalgandi. YHXBB ushbu holat haqida quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi.

Avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomalardan shu davrdan (2017 yil 1 oktyabrdan) 2021 yil mart oyi qadar bir oyda respublika bo`yicha sarflanishi 80 ming tagacha bo`lib, hozirgi kunda fuqarolarning avtomototransport vositasini rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish, eski namunadagi qayd etish guvohnomasini yangi namunasiga almashtirish bo`yicha murojaatlar soni ortganligi bois, bir oyda guvohnomalarni berilishi 140 mingtagacha ortdi. Bu esa o`z navbatida zahirada saqlanayotgan guvohnomalarni sarflanishiga olib keldi va guvohnomalarni o`z vaqtida etkazib berilishida kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi sababli avtomototransport vositasi egalariga vaqtinchalik talonlar tarqatildi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan guvohnomalar uchun buyurtmalar soni ko`paytirilib, hozirda olib kelingan guvohnomalarni hududlarga tarqatilish jarayoni amalga oshirilmoqda.

"Yuqoridagi holat bo`yicha avtomototransport vositalari egalaridan etkazilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar