"Paxta xomashyosini etishtirish va uning yig`im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil hosilidan paxta etishtirishni va yig`im-terimini Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasidan moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
paxta etishtirish va yig`im-terimni imtiyozli moliyalashtirish klasterlar va Urug`chilikni rivojlantirish markazidagi elita urug`chilik xo`jaliklari orqali amalga oshiriladi;
banklar tomonidan Jamg`arma resurslaridan quyidagilar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi:
▪️ paxta-to`qimachilik klasterlariga paxta etishtirish uchun – paxta qiymatining 60 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz 24 oyga, 18 oylik imtiyozli davr va 19-oydan boshlab so`nggi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;
▪️elita urug`chilik xo`jaliklariga paxta etishtirish uchun – paxta qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada 14 oyga;
▪️paxta-to`qimachilik klasterlari va elita urug`chilik xo`jaliklariga paxta yig`im-terimini moliyalashtirish uchun – paxta qiymatining 20 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz 12 oyga, 3 oylik imtiyozli davr bilan.
Paxta-to`qimachilik klasterlariga paxta xaridi bo`yicha yakuniy hisob-kitob uchun 12 oygacha milliy valyutadagi kreditlar bo`yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko`p bo`lmagan qismini qoplash uchun Jamg`arma hisobidan kompensasiya to`lanadi.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar mineral o`g`it, yoqilg`i-moylash, texnikaga oid masalalar, ularni import qilishni mustaqil hal qiladi, bunga har qanday tarzda aralashish taqiqlanadi.






