Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston xorijga qiymati 21,7 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 79,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Qovun va tarvuz eksporti o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,8 ming tonnaga kamaygan.
O`tgan 9 oy mobaynida O`zbekiston eng ko`p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
Qozog`iston – 33,1 ming tonna
Rossiya – 20,1 ming tonna
Qirg`iz R. – 13 ming tonna
Ukraina – 5,6 ming tonna
Latviya – 2,9 ming tonna
Belarus – 1,4 ming tonna
Germaniya – 1,2 ming tonna
Tojikiston – 1,1 ming tonna
Moldova – 298,7 tonna
Polsha – 248,5 tonna
Shvesiya – 56,1 tonna






