AsosiyJamiyat

O`zbekiston BMTning iqlim bo`yicha sammitida milliy bayonot bilan chiqdi

'O`zbekiston BMTning iqlim bo`yicha sammitida milliy bayonot bilan chiqdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov 9 noyabr kuni BMT doiraviy konvensiyasiga a`zo mamlakatlarning XXVI  sessiyasidagi ishtiroki doirasida milliy bayonot o`qib eshittirdi.

O`zbekiston Turizm va sport vaziri o`z nutqida iqlimning o`zgarishi zamonaning turmush sifatiga bevosita ta`sir qiluvchi eng asosiy chaqiriqlaridan biri ekanini ta`kidladi, deya xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

"Bugunga kelib iqlim o`zgarishlarining asoratlari global xarakter va mislsiz qamrovga ega bo`ldi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasida ham to`liq namoyon bo`lmoqda. Masalan, Orol dengizi fojiasi natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o`zgarishlari dunyodagi o`rtacha ko`rsatkichdan ikki barobar tezroq ro`y berishi kuzatilmoqda. Salbiy hodisalar qatorida erlar degradasiyasi va suv resurslarining qisqarishi kabi muammolarni yanada chuqurlashtiruvchi chang bo`ronlari chastotasi oshishi hamda geografiyasining kengayishini qayd etish mumkin.

Shularning barini anglagan holda O`zbekistonda "yashil" kun tartibidagi masalalarni ilgari surish, ekologiya va bioxilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga juda jiddiy e`tibor qaratilmoqda. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida ta`kidlaganidek, bu bizning hozirgi va kelgusi avlod oldidagi insoniy burchimizdir", - dedi A. Abduhakimov.

O`zbekistonning yana bir muhim bayonoti shundan iborat bo`lganki, Parij kelishuvi doirasida mamlakatimiz bug` gazlari chiqindilarini 2030 yilgacha issiqlik gazlarining atrof-muhitga ajralishini YaIMga nisbatan 35 foizga, 2010 yil ko`rsatkichlariga qisqartirishga oid qo`shimcha majburiyatni oladi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun O`zbekiston kam uglerodli rivojlanish milliy strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Mintaqaviy darajada O`zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hamkorlari bilan qurg`oqchilik va suv tanqisligi muammolari bilan ko`rishish, Orol dengizi fojiasi asoratlarini yumshatish va atrofdagi maydonlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha qat`iy qarorlar qabul qilmoqda.

"Ushbu chaqiriqlarga qarshi kurashuvchi sa`y-harakatlarni birlashtirish maqsadida kelgusi yil Orol bo`yida, Nukus shahrida BMT shafeligida "Yashil" energetika bo`yicha yuqori darajali xalqaro forumni o`tkazish rejalashtirilmoqda. Bu hodisa BMT Bosh Assambleyasining shu yilning may oyida tasdiqlangan Orol bo`yini ekologik innovasiyalar va texnologiyalar zonasi deb e`lon qilish to`g`risidagi Maxsus rezolyusiyasini amalga oshirishda muhim qadam bo`ladi",–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar