AsosiyJamiyat

Andijon viloyati XTB rahbari intizomiy jazoga tortildi

'Andijon viloyati XTB rahbari intizomiy jazoga tortildi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligining Hay`at yig`ilishida byudjet mablag`larining to`g`ri sarflanishini tashkil qilish va kamchiliklarni oldini olish masalalari tanqidiy muhokama qilindi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, vazirlikda tizimga ajratilayotgan byudjet mablag`larining to`g`ri sarflanishini tashkil qilish va xatoliklarni oldini olish masalalari to`g`risida navbatdan tashqari Hay`at yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Mazkur Hay`at yig`ilishida tizimdagi moliyaviy xatoliklar, xususan Andijon shahar xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi maktablarda o`tkazilgan nazorat tadbiri natijalari muhokama qilindi.  

Ushbu nazorat tadbiri natijalaridan hamda O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasinig ko`rsatmasidan kelib chiqib, mazkur holatlarni kelgusida takrorlanmaslik va oldini olish bo`yicha aniq topshiriqlar berildi. Jumladan:  

kamchiliklarga yo`l qo`ygan xodimlarga lavozimidan ozod etishgacha bo`lgan tegishli intizomiy jazo choralarini qo`llash;  

xalq ta`limi tizimi bo`yicha, ayniqsa, Andijon shahar xalq ta`limi bo`limida mas`ul xodimlarning aloqadorligi yoki harakatsizligi yuzasidan xizmat tekshiruvini o`tkazish;

byudjet mablag`larining noqonuniy sarflanishi va talon-toroj qilinishi holatlarining profilaktikasini ta`minlash va ularning oldini olish yo`nalishi bo`yicha choralarni kuchaytirish;  

noqonuniy xarajatlarni amalga oshirish xavfi mavjud bo`lgan hududlar bo`yicha alohida “qizil” ro`yxatni shakllantirish hamda ularni doimiy nazorat va kuzatuvga olish yuzasidan amaliy ishlarni yo`lga qo`yish bo`yicha aniq vazifalar belgilab berildi.  

Hay`at yig`ilishi qarori bilan Andijon viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi rahbariga tegishli intizomiy jazo chorasi qo`llanildi.

 

    Boshqa yangiliklar