AsosiyJamiyat

Samarqandda "Spark" haydovchisi sodir etgan avtohalokatda motosikl haydovchisi vafot etdi (video)

'Samarqandda "Spark" haydovchisi sodir etgan avtohalokatda motosikl haydovchisi vafot etdi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 3 noyabr kuni Samarqand viloyati Payariq tumani hududidan o`tuvchi avtomobil yo`lida  "Spark" va motosikl o`rtasida YTH sodir bo`ldi.

 

Ma`lum qilinishicha, halokat katta yo`lda harakatlanib kelayotgan "Spark" haydovchisining qarama qarshi yo`nalishda kelayotgan motosiklni o`tkazib yubormasligi oqibatida yuz bergan. Natijada motosikl haydovchisi Chelak tumanida joylashgan shifoxonada vafot etgan. Uning yo`lovchisi esa voqea joyida olgan og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonada davolanmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar