1

Shavkat Mirziyoev Turkiyaga jo`nab ketdi

Jamiyat 11.11.2021, 16:10
Shavkat Mirziyoev Turkiyaga jo`nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etish uchun 11 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga jo`nab ketdi.

Sammitda Kengash doirasidagi ko`p tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo, investisiya, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Muloqot yakunida ko`p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilinishi ko`zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o`tkazadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1