AsosiyJamiyat

O`zbekistondan Istanbulga ikki tomonlama aviaqatnovlar uchun ko`proq bagaj olishingizga ruxsat berildi

'O`zbekistondan Istanbulga ikki tomonlama aviaqatnovlar uchun ko`proq bagaj olishingizga ruxsat berildi'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" O`zbekistondan Istanbulga ikki tomonlama aviaqatnovlar uchun joriy yilning 11 noyabrdan 30 noyabrgacha bepul bagaj tashish uchun maxsus aksiya o`tkazadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma`lum qildi.

2021 yil 30 noyabrgacha bo`lgan aviaqatnovlarda bagaj, chiptada ko`rsatilgan me`yordan qat`iy nazar hech qanday qo`shimcha to`lovsiz qabul qilinadi:

• Toshkentdan Istanbulgacha va ortga ekonom klassda 40 kg gacha, biznes-klassda esa 50 kg gacha bepul bagaj;

• Urganch yoki Farg`onadan Istanbulgacha va ortga ekonom klassda 35 kg gacha bepul bagaj.

    Boshqa yangiliklar