1

O`zbekiston fuqarolarini Slovakiyaga ishga jalb qilish bo`yicha memorandum imzolandi

Jamiyat 11.11.2021, 18:14
O`zbekiston fuqarolarini Slovakiyaga ishga jalb qilish bo`yicha memorandum imzolandi

Bugun Tashqi mehnat migrasiyasi agentligida O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari E.Muhitdinov, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig`i X.Umarov, Slovakiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ya.Bori va «SLOVMEDIA SK s.r.o.» kadrlar agentligi vakili T.Bresk ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O`zbekistonda xorijda ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, xususan, kasb va chet tillariga o`qitish, xorijda huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berilib, yurtdoshlarimizni Slovakiyada ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va «SLOVMEDIA SK s.r.o.» kadrlar agentligi o`rtasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Slovakiya Respublikasiga tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilish bo`yicha memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida fuqarolarni yuk mashinalari haydovchisi yo`nalishi bo`yicha ishga yuborish ko`zda tutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1