1

Xorazmda Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun tanlov o`tkazilmoqda

Jamiyat 11.11.2021, 18:16
Xorazmda Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun tanlov o`tkazilmoqda

Xorazm viloyatida xorijda ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun Rossiya Federasiyasining “Spesializirovanny zastroyshik Dom-59” va "Velosstroy" korxonalari tomonidan qurilish sohasining turli yo`nalishlarida mavjud bo`sh ish o`rinlari uchun tanlov bo`lib o`tmoqda.

Tanlovlarda nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko`ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olinmoqda.

Tanlovlardan o`tgan fuqarolarga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent O`zbekistonda rasmiylashtiriladi hamda tibbiy ko`rikdan o`tkazish, emlash, patent rasmiylashtirish, transport, yashash xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ko`zda tutilgan.

Tanlovlardan o`tgan fuqarolar tashkiliy tarzda qurilish ob`ektlariga yuboriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1