Gonkong chempionatining so`nggi turida “Istern” jamoasi “Saut Chayna” bilan kuch sinashdi va 2:1 hisobida g`alaba qozondi.
Mazkur g`alabadan so`ng “Istern” Gongong chempioni bo`ldi. E`tiborga loyiq tomoni shundaki, 27 yoshli ayol Chan Yun-tin “Istern” bosh murabbiyi hisoblanadi. U jamoani 2015 yil dekabr oyida qabul qilib olgandi. Chan Yun-tin futbol tarixida erkaklar jamoasini chempion qilgan birinchi ayol murabbiy sifatida qayd etildi.
Ta`kidlash joiz, “Istern” jamoasi so`nggi bor 20 yil avval chempion bo`lgan edi.