1

«Andijon shahar hokimiga tegishli audioyozuv tarqaldi» — hokim kim bilan tortishdi?

Jamiyat 11.11.2021, 21:30
«Andijon shahar hokimiga tegishli audioyozuv tarqaldi» — hokim kim bilan tortishdi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon shahar hokimiga tegishli audioyozuv tarqaldi» sarlavhasi ostida audioyozuv tarqaldi. Holat  yuzasidan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, 11 noyabr kuni Andijon shahar hokimi Baxromjon Haydarovga tegishli ekanligi aytilayotgan audioyozuvda Andijon shahar hokimi va o`zini Omadjon deya tanishtirgan fuqaro o`rtasida o`zaro tortishuv yuzaga kelganligi va shahar hokimi deya aytilayotgan ikkinchi fuqaro Omadjon ismli shaxsga nisbatan uni hadeb bezovta qilmasligini aytib haqoratli so`zlar ishlatilganligi, fuqaro tomonidan esa ijara haqqi va uyini tiklab berishini ta`kidlagan suhbati tarqalgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib holat yuzasidan dastlabki o`rganish ishlari amalga oshirildi. O`rganish ishlari davomida tarqalgan audioyozuv haqiqatdan ham Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarovga tegishli ekanligi o`z tasdig`ini topdi.

Shuningdek, fuqaro tomonidan aytilayotgan ijara haqqi va uyini tiklash to`g`risidagi holat yuzasidan o`rganishlar davomida fuqaro O.N istiqomat qiladigan A. Navoiy shox ko`chasi 57-sonli ikki qavatli uyi snosga tushganligi, hozirgi kunda «Sulton xaus» MChJ qurilish firmasi tomonidan shu joyga ko`p qavatli uy-joy majmuasini qurilish ishlari olib borilayotganligi sababli, fuqaro O.N ijaraga chiqarilib, unga ijara pullari doimiy ravishda to`lab kelinmoqda.

Bundan tashqari, fuqaro O.N Andijon shahar hokimiga doimiy ravishda (kunu-tun) 10-15 marotabadan telefon qo`ng`iroqlarini amalga oshirib, 2-xonali 52 kv.metrdan iborat bo`lgan xona joyiga «Sulton xaus» MChJdan shahar markazidan 400 kv.metrdan iborat bo`lgan uy-joy va Jentra avtomobili undirib berishligini aytib, shahar hokimini doimiy obro`sizlantirib kelgan.

Vaholanki ushbu fuqaro O.Nning ushbu xonadonga nisbatan uy-joyga bo`lgan egalik huquqi mavjud emasligi ma`lum bo`ldi. Aslida esa uy-joy onasining nomida ekanligi va «Sulton xaus» MChJ qurilish firmasi hamda fuqaro O.Nning onasi o`rtasida o`zaro kelishgan holda yangi qurilayotgan uy-joydan xonadon ajratib berish haqida kelishuvga erishilgan. 

Bugungi kun holatiga fuqaro O.Nning onasi (uyning asl egasi)ga ijara uchun to`lanishi lozim bo`lgan pullar to`laligicha to`lab berilgan.

Bundan tashqari Andijon shahar hokimining fuqaro bilan muloqoti davomida ishlatgan haqoratli so`zlari uchun Andijon viloyati hokimligi tomonidan alohida huquqiy baho berilishini ma`lum qilamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1