1

O`zbekiston va Turkiya xalqaro yuk tashuvlari sohasida yangi tizim ishga tushiriladi

Jamiyat 11.11.2021, 22:02
O`zbekiston va Turkiya xalqaro yuk tashuvlari sohasida yangi tizim ishga tushiriladi

O`zbekiston va Turkiya xalqaro yuk tashuvlari sohasida «E-Permit» tizimini ishga tushiradi. Mazkur tizim yuklarni tashish uchun ruxsatnomalarni raqamlashtirishga qaratilgan.

Joriy yilning 31 mart kuni bo`lib o`tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligi ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) ayirboshlash tizimi loyihasini ishga tushirish bo`yicha harakatlarni boshlagan edi.

Shu yilning iyul oyida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo`yicha o`zbek-turk qo`shma komissiyaning Toshkentda bo`lib o`tgan yig`ilishida yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o`rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) ayirboshlash tizimini tadbiq etish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olingandi.   

Ushbu elektron tizimni amaliyotga joriy etishning dastlabki bosqichi doirasida O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Turkiya tomoni bilan kelishgan holda ilk marotaba E-Permit tizimidan foydalanib sinov avtokarvonini tashkil etdi.

Joriy yilning 6 noyabr kuni O`zbekistondan yo`lga chiqqan avtokarvon 10 noyabr kuni “Sarp” chegara o`tkazish punkti orqali Turkiyaga etib bordi. Avtokarvon Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligi mutasaddilari hamda bojxona ma`muriyati vakillari tomonidan kutib olindi.

Bu kabi zamonaviy raqamli texnologiyalar va so`nggi avlod IT ishlanmalarining sohaga keng joriy etilishi transport operasiyalarini jadallashtirish va mamlakatlarimiz o`rtasida tovar oqimini ko`paytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1