1

Adliya lotin alifbosida ish yuritishga o`tdi

Jamiyat 12.11.2021, 17:06
Adliya lotin alifbosida ish yuritishga o`tdi

2021-yilning 10-noyabridan boshlab Adliya vazirligi Markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari, adliya organlari va muassasalarida ish yuritish hamda ta`lim jarayonlari to`liq lotin alifbosida amalga oshirila boshladi. Shuningdek, kelgusida adliya organlari va muassasalarida  peshlavhalar, turli ko`rinishdagi devoriy materiallar lotin alifbosida tayyorlanadi.

Adliya organlari va muassasalarining veb-sahifalari, elektron resurslari va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari ham bosqichma-bosqich lotin alifbosiga o`tkazib boriladi.

Eslatib o`tamiz: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 10-fevral kuni  “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to`liq o`tishni ta`minlash to`g`risida”gi  61-son qarori qabul qilingan edi.

Unda 2023-yilning 1-yanvariga qadar Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e`lon qilish amaliyotini to`liq joriy qilish belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1