Prezident Shavkat Mirziyoev Turkiyaga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo`nab ketdi.
Davlat rahbari Turkiy Kengashning sakkizinchi sammitida ishtirok etdi, ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazdi.
Sammitda savdo, investisiya, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport, ta`lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi.
Qayd etilishicha, sammit natijalari bo`yicha 10 dan ortiq hujjat imzolangan.






