Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasida joylashgan “Texnopark” hududidagi er osti o`rta bosimli D - 325 mm gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yashnobodtumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan rejalashtirilgan.
Shu sababli, 2021- yil 13 - noyabr kuni soat 08:00 dan 16:00 gacha Maxtumquli ko`chasidagi 14 ta harbiylar uyidagi 600 ta xonadonlar, 87, 89 uylarda, 4 ta "Golden house" uylarida, hamda “Texnopark” MChJda “Makro” supermarketida, Koreya bolalar shifoxonasida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi.






