AsosiyJamiyat

Qiziltepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

'Qiziltepa tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Joriy yilning 13 noyabr kuni xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Navoiy viloyat hokimligi xabar berdi. 

Sessiyada Navoiy viloyati hokimi v.b. N.Tursunov, sektor rahbarlari, viloyat hokimi o`rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o`rinbosarlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tashkiliy masala ko`rib chiqilgan mazkur sessiya ishida Navoiy viloyati hokimi v.b. N.Tursunov so`zga chiqib, tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Sh.Nabievni boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etish hamda tuman hokimi lavozimiga U.Fayzievni tayinlash to`g`risida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini o`qib eshittirdi.

Ushbu qaror xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma`qullandi.

Ma`lumot o`rnida U.Fayziev bugungi kunga qadar Navoiy shahridagi “Zarafshan Golden Group” MChJ ta`sischisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar