1

Surxondaryoda maktab direktori jurnalistlarning videokamerasini shikastladi

Jamiyat 13.11.2021, 16:17
Teglar: Surxondaryo viloyati Xalq ta`limi
Surxondaryoda maktab direktori jurnalistlarning videokamerasini shikastladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida maktab direktori jurnalist faoliyatiga qarshilik ko`rsatib, videokamerasiga shikast etkazgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Surxondaryo viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi mazkur masala yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

O`rganishlar natijasida 2021 yil 12 noyabr kuni Sariosiyo tumani xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi 28-sonli umumta`lim maktabi direktori T.U. bir guruho`qituvchilarning direktor ustidan yo`llangan shikoyat arizasini o`rganish maqsadida borgan "Diyor24" nashri jurnalistlari faoliyatiga qarshilik ko`rsatgani va kamerasiga shikast etkazgani o`z tasdig`ini topgan.

Mazkur holat yuzasidan boshqarmaning mas`ullari tomonidan hamda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tergov -surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Qayd etilishicha, avvalroq maktab direktori T. U.ga nisbatan o`z lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan yondashib "fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida"gi qonunning 38 moddasini ijro intizomini va odob ahloq qonun qoidalarini buzganligi sababli "hayfsan" intizomiy jazosi qo`llanilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1