1

Kecha O`zbekistonda 225 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Jamiyat 14.11.2021, 10:39
Kecha O`zbekistonda 225 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Kecha O`zbekistonda 225 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 245 nafar bemor kasallikdan to`liq sog`aydi, deya xabar bermoqda SSV.

2021 yil 13 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 189683 (+225) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  
  • 14 nafari Andijon viloyatida,
  • 8 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 15 nafari Namangan viloyatida,
  • 28 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 19 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 12 nafari Xorazm viloyatida,
  • 54 nafari Toshkent viloyatida,
  • 57 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1356 nafarni tashkil qildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1