1

"O`zgidromet" O`zbekistonda havo sovishi haqida shoshilinch axborot berdi    

Jamiyat 14.11.2021, 17:40
"O`zgidromet" O`zbekistonda havo sovishi haqida shoshilinch axborot berdi    

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, joriy yilning 16 noyabr kuni O`zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-18 noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga bo`yi orqali Rossiyaning Evropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi. 

16-17 noyabrda respublika bo`yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba`zi joylarda changli bo`ron bo`ladi. 

16 noyabrda Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida, 17 noyabrda O`zbekistonning qolgan hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanadi) bo`ladi, 17-18 noyabrda tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. 

Respublika bo`yicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 16-17 noyabrda shimolda, 17-18 noyabrda O`zbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° iliqgacha, shimolda kechalari 12-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° sovuqgacha pasayadi. https://t.me/uzgydromet/5860

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1