1

Samarqandda "Kamaz" haydovchisining e`tiborsizligi sababli mashina "Zil"ning ustiga chiqib ketdi

Jamiyat 14.11.2021, 21:05
Samarqandda "Kamaz" haydovchisining e`tiborsizligi sababli mashina "Zil"ning ustiga chiqib ketdi

 Payariq tumanida yuk avtomobillari ishtirokida g`ayrioddiy YTH sodir bo`ldi. Ma`lumotga ko`ra, "avariya"ga "Kamaz" haydovchisining e`tiborsizligi sabab bo`lgan. YHXBB ushbu holat yuzasidan izoh berib o`tdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 14 noyabr kuni soat 16:00 larda Samarqand viloyati, Payariq tumanida ro`y bergan. 

Polvon ariq M.F.Y. hududida o`tkazilgan uloq-ko`pkari o`yini davomida, bellashuv bo`lib o`tayotgan joy atrofidagi balandlikda turgan “Kamaz" haydovchisi e`tiborsizlik bilan, qo`l tormozini tortmaganligi natijasida avtomobil pastlikka harakatlanib ketgan va “Zil” bilan to`qnashgan. 

Ta`kidlanishicha, hodisa natijasida tan jarohat olgan fuqarolar yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1