1

Diniy bag`rikenlik tushunchasini o`zbekistonliklar qanday tushunadi? (foto)

Jamiyat 15.11.2021, 00:53
Diniy bag`rikenlik tushunchasini o`zbekistonliklar qanday tushunadi? (foto)

Millat, irq, til va din — bu omillar odamlar orasidagi barcha tushunmovchiliklarning tub mohiyati desak adashmaymiz. Ba`zan ular insonlarni birlashtiradi, ba`zida esa nizo va kelishmovchiliklar ildiz otishiga sabab bo`ladi. Bu omillar orasidagi eng nozik masala shubhasiz din masalasidir.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, hozirda dunyoda mavjud bo`lgan dinlarning soni 4300dan ortiq. So`zimiz avvalida hatto millatlar va tillar sonidan ham ko`p bo`lgan din tushunchasining nazariy ma`nosiga to`xtalsak.

Din – bu insonning dunyo haqidagi fikrlashi, qarashlari va o`zaro munosabatiga ta`sir qiluvchi e`tiqod yoki ibodat tizimi. Insonning dini ko`pincha axloqiy va tarbiyaviy e`tiqodlarining asosidir. Ko`plar uchun din tasalli manbai hisoblanadi.

Ko`p millatli xalq istiqomat qilayotgan O`zbekistonda diniy e`tiqod ham xilma-xil bo`lishi tabiiy hol. Millatlararo totuvlik hukm surayotgan bu davlatda diniy bag`rikenglik munosabatlari qanday? Shu mavzuda ijtimoiy so`rovnoma o`tkazdik. Unda turli millatlarga mansub bo`lgan 50 ga yaqin fuqarolardan «Diniy bag`rikenglik siz uchun nimani anglatadi?» savoliga javob oldik. Javoblar orasida umumiy va o`xshash fikrlar ko`p bo`lgani uchun quyida biroz noodatiyroq fikrlarni keltirdik.

Risolat Maxsimova — ijtimoiy so`rovnoma jarayonidan

Dilorom Ergasheva — o`qituvchi:

— Diniy bag`rikenglik o`zingiznikidan farq qiladigan ma`naviy qadriyatlar, e`tiqodlar va urf-odatlarni qadrlay olish qobiliyatini anglatadi. Din juda ham hissiy mavzu. Ko`pincha odamlar uchun o`zlarining shaxsiy qarashlarini chetga surib, g`oyalar yoki vaziyatlarga nisbatan ob`ektiv munosabatda bo`lish qiyin bo`lishi mumkin. Shuning uchun ham diniy bag`rikenglikni ta`minlashni murakkab masalalardan biri deb hisoblayman.

Sevara Suleymanova — sportchi:

— Men karate bilan shug`ullanaman. Mashg`ulotlarimizda rus, tojik, qozoq, qirg`iz, o`zbek, tatar, koreys, uyg`ur millatlariga mansub, turli dinlarga e`tiqod qiluvchi qizlar ishtirok etadi. Murabbiyimiz esa barchamizga bir xilda munosabatda bo`ladi. Millatimiz, tilimiz va dinimizdan qat`iy nazar. Men uchun ana shu teng munosabat diniy bag`rikenglikni ifodalaydi.

Tolerantnost. Chto za slovo takoe i s chem ego edyat.: katerina_nikk —  LiveJournal
Google

Fazliddin Umaraliev — magistrant:

— Men uchun bu tushuncha har bir fuqaroda istalgan dinga e`tiqod qilish huquqi mavjudligini anglatadi. Shuningdek, bu birovning fikrini tan olish va hurmat qilishdir. Aynan bizning davlatimiz misolida aytadigan bo`lsak, vijdon erkinligi konstitusiyada ham belgilab qo`yilgan va bu diniy bag`rikenglik sharoitining qonuniylashtirilishi, nazarimda.

Dilafruz Abdurajabova — Alisher Navoiy nomidagi o`zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi:

— Diniy bag`rikenglik - bu odamlarga boshqa din va e`tiqodlar haqida o`ylash yoki ularga amal qilish imkonini beradigan jamiyat. Mamlakatda tolerant hukumatning mavjudligi. Tolerantlik har kimning fikrini bir xilda qabul qilishni anglatadi. Tinch va osuda muhit uchun bag`rikenglik juda zarur. Bizning turmush tarzimiz, madaniyatimiz va atrof-muhitimiz har xil bo`lsa ham, biz odamiylik yuzasidan ham atrofdagi hammani tushunishimiz va hurmat qilishimiz kerak.

Ramziddin Isakjanov — Xalqaro islom akademiyasining dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o`rganish UNESKO kafedrasi katta o`qituvchisi, falsafa fanlari (RhD) doktori:

–Diniy bag`rikenglik – tinchlikka xizmat qilib, odamlar o`rtasidagi tabaqalashishning oldini oladi, teng huquqlilikni ta`minlaydi. Sababi, turli din va elatga mansub aholi orasida totuvlikni ta`minlash, ularning bir jamiyatda ahil-inoq yashashiga sharoit yaratish zarurati aholi soni oshib borayotgan, diniy-etnik munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan bir paytda juda zarur.

Chem tolerantnost otlichaetsya ot veroterpimosti | TRIKSTER | Nauchno o  religii | Yandeks Dzen
Yandeks

Nozima Xamraeva — Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti talabasi:

— Dinlar va odamlar o`rtasidagi bag`rikenglik tinchlik va baxt dunyosini yaratish talabidir. Dinlararo muloqot tinch hayotga erishish uchun muhimdir. Barcha dinlar haqiqat va axloqiy hayotning ezguligini, sevgi va rahm-shafqatni targ`ib qiladi. Biz barcha dinlarni hurmat qilishimiz kerak, chunki barcha dinlarning zamirida yotgan da`vat bir xil — mehr-muhabbat, bag`rikenglik, zo`ravonlik qilmaslik va kechirimlilik.

Baxtiyor Ergashev — o`qituvchi:

— Diniy bag`rikenglik - diniy xilma-xil jamiyatdagi har bir shaxs o`z vijdoniga ko`ra ibodat qilish huquqlari, erkinliklari va xavfsizligiga ega bo`lishidir. Shuningdek, eng birinchi navbatda vijdon erkinligi qonunan mustahkamlagan davlat diniy bag`rikeng davlatdir.

Masuma Ahadova — uy bekasi:

— Barcha dinlar axloq va e`tiqodlar uchun asosdir. Diniy bag`rikenglik esa birovning e`tiqodiga aralashmaslik, boshqa din vakillariga ham hurmat bilan muomala va munosabatda bo`la olishlikdir.

Risolat Maxsimova — ijtimoiy so`rovnoma jarayonidan

Bo`ron Do`smatov — tadbirkor:

— Bag`rikenglik birovning nuqtai nazarini tan olish va hurmat qilishdir. O`z e`tiqodini qadrlay olgan kishi boshqaning dinini behurmat qilmaydi. Shuningdek, bu bu boshqalarga o`z dunyoqarashiga muvofiq yashash huquqini berishdir.

Tolerantnost - terpimost k lyudyam ot Viktora Frankla
Google

Xulosa qilib aytganda, diniy bag`rikenglikni ta`minlash tinchlikni kafolatlash demakdir. Shuningdek, bu omil demokratiyaning asoslaridan biri bo`lib, jahon hamjamiyatida ham ijtimoiy tenglikning belgisi sifatida juda qadrlanadi.

Risolat MAXSIMOVA tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1