1

Kitob tumanidagi aholi nimadan norozi? YHXBB munosabat berdi (video)

Jamiyat 15.11.2021, 11:31
Kitob tumanidagi aholi nimadan norozi? YHXBB munosabat berdi (video)

Ijtimoiy tarmoqda "Kitob tumanidagi YPX xodimlarni nazorat qiladigan biror bir tirik tashkilot bormi?" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Unda aytilishicha, Kitob dehqon bozori oldidan o`tadigan yo`lda "probka" bo`ladi. buni hech kim nazorat qilmaydi. Videoda aytilishicha, fuqarolar bir necha bor tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. 

Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi holat bo`yicha rasmiy munosabat berdi. 

Unda aytilishicha, ushbu videolavhada keltirilgan e`tirozlar yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Xizmat tekshiruvi yakuniy xulosasiga ko`ra qo`shimcha ma`lumot beriladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1