AsosiyJamiyat

Damas eshiklariga yashirilgan "sir" fosh bo`ldi

'Damas eshiklariga yashirilgan "sir" fosh bo`ldi'ning rasmi

Maxsus aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarini turli nayranglarni qo`llagan holda olib kirishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari Yangiqo`rg`on tumanining chegara oldi hududida tezkor tadbir o`tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabar berdi. 

Tadbir davomida fuqaro X.Z. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina to`xtatilib belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi.

Natijada, ushbu avtomashinaning xufiya joylariga yashirilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 50 million so`mlik 2500 quti  O`zbekiston Respublikasi aksiz markasiga ega bo`lmagan tamaki mahsulotlari borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar