Namanganda inson o`limi bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Aniqlanishicha, 12 noyabr kuni soat 10:00 larda, Jomashuy-Tegirmon-Navbahor yo`lining 38 km.da, Pop tumani Navbahor MFY hududida, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan fuqaro "Nexia" rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan, Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanida yashovchi, 1962 yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvidagi Labo rusumli avtomashinasi bilan to`qnashgan.
Natijada, Labo rusumli avtomashina haydovchisi olgan og`ir tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan hamda "Nexia" rusumli avtomashinada bo`lgan 3 nafar yo`lovchi turli jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






