AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yaqin qarindoshlar bir davlat korxonasida ishlagani uchun jazo belgilanishi mumkin

'O`zbekistonda yaqin qarindoshlar bir davlat korxonasida ishlagani uchun jazo belgilanishi mumkin'ning rasmi

Davlat xizmatiga ishga qabul qilish va unda faoliyat olib borishda qarindosh-urug`chilik (nepotizm)ning oldini olish va unga yo`l qo`ygan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentlik xabar bermoqda. 

Xabarga ko`ra, Agentlik tomonidan “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan. 

Loyihada o`zaro yaqin qarindosh (to`g`ri shajara) va quda-andalar, yon qarindosh (yon shajara) hamda qarindoshlik rishtasiga ega bo`lgan boshqa shaxslarning bir davlat tashkiloti va uning tuzilmalarida birga xizmat qilishlarining taqiqlanishi (O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi) va bunday holatlar uchun javobgarlik (O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi) belgilash taklif etilmoqda.  

Xususan, o`zaro yaqin qarindosh (to`g`ri shajara), qarindosh (yon shajara) yoki boshqa qarindoshlik munosabatlariga ega bo`lgan, shuningdek quda-anda bo`lgan shaxslarning (katta bobo-buvilar, bobo-buvilar, ota-onalar, o`g`il va qizlar, aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari hamda shunga o`xshashlar, shuningdek er-xotinlarning katta bobo-buvilari, bobo-buvilari, ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), bir davlat tashkiloti va uning tarkibidagi tuzilmalarda biri ikkinchisiga bevosita bo`ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilayotganligi haqida ish beruvchiga ma`lum qilmaslik:

BHMning o`n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi;

o`zaro yaqin qarindosh (to`g`ri shajara), qarindosh (yon shajara) yoki boshqa qarindoshlik munosabatlariga ega bo`lgan, shuningdek quda-anda bo`lgan shaxslarning bir davlat tashkiloti va uning tarkibidagi tuzilmalarda biri ikkinchisiga bevosita bo`ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilayotganligi ish beruvchiga ma`lum bo`lgan vaqtdan boshlab, ushbu xodimlar ishlab kelgan ish (lavozim)ga teng boshqa ish (lavozim)ga o`tkazish choralarini ko`rmaslik:

BHMning yigirma besh baravaridan o`ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi belgilanmoqda.

Jamoatchilik muhokamasi 2021 yil 30 noyabrga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar