Ijtimoiy tarmoqlarda "YXXB jarima ma`lumotlar bazasi kiberhujumga uchradimi?" sarlavhasi ostida audioyozuvlar tarqalmoqda.
IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ma`lumotlar bazasiga xech qanday hujum bo`lmagan va barcha ma`lumotlar mavjud.
"Ma`muriy amaliyot bo`limi va markaziy kompyuterlashtirilgan boshqaruv va aloqa xizmatining bazalari integrasiya qilinayotganligi sababli ayrim nosozliklar yuzaga kelmoqda. Fuqarolardan ushbu holatni to`g`ri tushunishlarini so`raymiz.
Ayrim norasmiy sahifa egalaridan shu kabi holatlarga oydinlik kiritmasdan o`z sahifalarida asossiz izohlamasliklarini so`raymiz", - deyiladi rasmiy xabarda.