Prezident ta`lim muassasalari agentligi tomonidan halqaro ta`lim forumi tashkil etilmoqda.
Unda dunyoning Evropa, Amerika, Osiyo qit`alaridan ta`lim sohasining 100 dan ortiq etuk mutaxassislari, xalqaro oliy ta`lim muassasalari reytingini baholovchi Times Higher Education hamda Amerika Qo`shma shtatlaridan Massachucets texnologiya instituti Germaniyadan Myunxen Texnika Universiteti, Germaniyadan TUM International tashkiloti Buyuk Britaniyaning Kembridj hamda Nottingem universitetlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumdan ko`zlangan maqsad mazkur forumdan ko`zlangan maqsad xorijiy davlatlar vakillarini O`zbekistondagi ta`lim islohotlari bilan tanishtirish, zamonaviy ta`lim tizimini rivojlantirish bo`yicha o`zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari bilan o`zaro tajriba almashishdan iborat.
Forum Xalqaro Anjumanlar saroyida 24-25 noyabr kunlari bo`lib o`tadi.