Qashqadaryo viloyatida joriy yilning o`tgan davrida 565 ta holatda 119,5 gektar er maydonini o`zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlangan.
O`z navbatida, 73,1 gektar er maydoni uy-joylar, 4,8 gektar er maydonida noturar joylar qurilishi, 35,2 gektar er maydoni tomorqa, 1,4 gektari tuproq karer va 5,0 gektari boshqa maqsadlarda o`zboshimchalik bilan egallash holatlaridir.
Ushbu aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 565 nafar shaxslarga ogohlantirish, tuman hokimliklariga 543 ta. taqdimnoma, tuman prokuraturalariga 274 ta ma`lumotnoma hamda Sudlarga mahalliy davlat hokimyati tomonidan 30 ta va Kadastr agentligining hududiy organlari tomonidan 39 ta da`vo arizalari kiritilgan.
Bundan tashqari o`rganishlar davomida er qonunbuzilish holatlarining 22 tasi ya`ni 2,8 gektar er maydonidagi noqonuniy qurulishlar er nazorat inspektorlari tomonidan joyning o`zida bartaraf etilishi ta`minlangan.