Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Merit shahrida suv toshqinlari sababli favqulodda holat rejimi ishga tushgan. Bu haqda Ria Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, suv toshqinlari tufayli 7 mingdan ortiq kishi evakuasiya qilingan. 2 mingdan ziyod odam esa xavfli hududni tark etishga ulgurmagan.
Toshqinlar natijasida ikkita ko`prik suv ostida qolgan. Elektr uzatish liniyalari ishdan chiqqan. Bundan tashqari, toshqinlar ortidan ko`chki paydo bo`lib, asosiy yo`llarni to`sib qo`ygan.