Boks bo`yicha og`ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri faoliyatini yakunlanishi mumkin. Bu haqda Isport.ua xabar berdi.
“Men uning faoliyatini tugatishini istardim. Tayson uzoq va munosib dam olishi lozim. Keyinchalik u nima ish bilan shug`ullanishi uning o`ziga bog`liq. Men unga faoliyatini yakunlash vaqti kelganini maslahat berdim. Chunki u bu vaznda isbot qiladigan hech narsa qolmadi. Pul? Unda allaqachon kelajagini kafolatlaydigan millionlari bor”, - deydi bokschining otasi Jon Fyuri.






