AsosiyJamiyat

Koronavirusdan kasallanish va o`limlar soni ortdi — SSV

'Koronavirusdan kasallanish va o`limlar soni ortdi — SSV'ning rasmi

Kecha O`zbekistonda 230 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 16 noyabr holatiga, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 190332 (+228) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 12 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 19 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 20 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 16 nafari Xorazm viloyatida,
  • 67 nafari Toshkent viloyatida,
  • 74 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1364 nafarni tashkil qilmoqda.

SSV mamlakatda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yaxshilanayotgan bo`lsa-da, aholidan  hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishni so`ramoqda .

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar