1

Toshkentda fuqaroni ozodlikka chiqarib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

Jinoyat 17.11.2021, 10:55
Toshkentda fuqaroni ozodlikka chiqarib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.Yu. manzilli koloniyada jazo muddatini o`tayotgan mahkum Sh.ni tanishlari orqali ozodlikka chiqarib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, B.Yu.ning ko`rsatuviga asosan davom ettirilgan tadbirda, uning sheriklari X.X. va A.T.lar yuqoridagi holatni ijobiy hal qilib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1