Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Aytishlaricha, Zarafshondagi Lolazor degan joyda tilla qumini kavlash paytida 40-50 kishini qum bosib qolgan. Lekin bu haqda hamma joyda sukunat. Rasmiy munosabat kutib qolamiz” mazmunidagi xabar tarqaldi.
Favqulotda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ushbu hodisa yuzasidan xabar kelib tushmagan.
Hozirda viloyat FVB tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda o`rganish ishlarini olib bormoqda. Vakolatli organlar tomonidan qo`shimcha ma`lumotlar taqdim etiladi.






