AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari, Ichki ishlar vazirliklari, Bosh prokuratura va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida "Xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish masalalari" mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda.
Ta`kidlanishicha, O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ishni qidirayotgan shaxslardan xorijda ishga joylashtirish bo`yicha xizmatlar uchun haq olish taqiqlandi. Bu xizmatlar uchun haq xorijiy ish beruvchi tomonidan to`lab beriladi.
Lisenziyaga ega xususiy bandlik agentliklarining xorijiy hamkorlari va ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan bo`lishi kerak.
Har bir xizmat ko`rsatish shartnomasini xususiy bandlik agentliklari “labor-migration” axborot tizimida real vaqt tartibida ro`yxatdan o`tkazilishi talab etiladi.
Bundan tashqari, fuqarolarni ishga joylashtirish sohasida ko`rsatiladigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oshmasligi belgilab qo`yildi.






