Fransiyaning PSJ jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich Xitoy klublari uchun asosiy transfer maqsadi bo`lib turibdi.
Le 10 Sport nashrining ma`lum qilishicha, shvesiyalik futbolchi o`z faoliyatini Evropada davom ettirmoqchi, ammo uni Xitoy klublari sotib olishmoqchi bo`lsa, ular futbolchiga yiliga 100 million evro to`lashi kerak bo`ladi.
Ma`lumot uchun, 34 yoshli futbolchining PSJ bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Joriy mavsumda Ibragimovich Fransiya chempionatining 27 ta o`yinda 32 ta gol urgan urib, 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.





