Namangan viloyatida inson o`limi bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 14 noyabr kuni soat 19:00 larda, Ishonch MFY Yangiqo`rg`on ko`chasida, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan fuqaro VAZ-2106 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan, Namangan tumanida yashagan, 1972 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 noyabr` kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






