1

Poytaxt tumanlarida kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Jinoyat 18.11.2021, 17:51
Poytaxt tumanlarida kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. va boshqalar fuqaro A.ga 15 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini 1,5 mln so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonida bo`lgan 41 dona “Tropikamid”, 22 dona “Regapen”, 18 dona “Selofen” va 17 dona “Zardeks” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Xuddi shunday, Departamentning Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda,  fuqaro N.Q. fuqaro B.ga 4 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini 100 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonida bo`lgan 111 dona “Zardeks”, 27 dona “Regapen”, 11 dona “Selofen” va 8 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1