“Toshkent viloyati teleradiokanalini tashkil etish to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ-18-son, 18.11.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qaror bilan Toshkent viloyati teleradiokanali – “Nurafshon TV” tashkil etildi.
Telekanal Toshkent viloyatida islohotlarni amalga oshirishga to`siq bo`layotgan omillarni keng jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadi jamoatchilik nazoratini o`rnatadi.
MTRK va “Nurafshon TV”ni texnologik jihozlash uchun olib kiriladigan multimedia, radiotelevizion uskunalar, materiallar, dasturiy ta`minot va ehtiyot qismlar 2024 yil 1 yanvargacha bojxona bojidan ozod qilindi.
“Yoshlar”, “Navo” va “Kinoteatr” telekanallari ixtisoslashtirilgan reklama xususiyatiga ega bo`lgan kanal sifatida faoliyat ko`rsatadi.
“O`zbekiston” teleradiokanalida “Qishloq xo`jaligi” tahririyati tashkil etiladi.






