Avval xabar qilinganidek, Senat yigirma birinchi yalpi majlisida “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma`muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko`rib chiqildi.
Qayd etilishicha, senatorlar tomonidan kiritilayotgan o`zgartirishlar bilan transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarga “bluetooth”, quloqchin va boshqa qo`lni band qilmaydigan garnituralar foydalanishga ruxsat berilmoqda.
Shuningdek, transport vositasi salonining old qismiga monitor (displey) o`rnatish uchun javobgarlik bekor qilinmoqda, shuningdek, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborganda tezlikni o`lchaydigan maxsus uskunalar qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib tashlab hisoblash joriy etilmoqda.






