1

Endi bitiruvchilarning baholari OTMga kirishda inobatga olinadi

Jamiyat 19.11.2021, 18:25
Endi bitiruvchilarning baholari OTMga kirishda inobatga olinadi

 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 696-son qarori bilan “Ta`lim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o`rtacha ko`rsatkichini hisoblash va uni oliy ta`lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to`g`risida”gi nizom tasdiqlandi.

Unga ko`ra, majburiy 11 yillik ta`limning so`nggi 6 yillik baholari o`rtacha ko`rsatkichi oliy ta`lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

Baholar ta`lim tashkilotlarining elektron platformalari orqali hisoblanadi va Davlat test markazining “ABITUR” dasturiga uzatiladi.

Baholarning o`rtacha ko`rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig`indisini o`qitilgan fanlarga bo`lish orqali hisoblanadi.

 Baholash tizimidagi maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha konvertasiya qilinadi:

  •  86-100% uchun – 5 baho;
  •  71-85% – 4 baho;
  •  56-70% – 3 baho;
  •  56% gacha – 2 baho.

Mazkur tartib 2022-2023-o`quv yilidan amaliyotga joriy etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1