Bu Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida ochiq tender savdolari orqali amalga oshirilayotgan eng yirik investisiya loyihalardan biridir. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.
2020 yil boshida O`zbekiston hukumati Sirdaryo viloyatida quvvati 1200-1600 MVt bo`lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasini boshlagan edi.
Mazkur loyiha doirasida O`zbekiston hukumati tomonidan Xalqaro moliya korporasiyasining (Jahon banki guruhi a`zosi) texnik ko`magida ikki bosqichli ochiq tender o`tkazildi. Ushbu loyiha energetika tizimini mustahkamlash va respublikani barqaror elektr energiyasi bilan ta`minlashga qaratilgan.
Yangi IESda qo`llaniladigan zamonaviy va innovasion texnologiyalar 60 foizdan ortiq samaradorlikka ega bo`ladi, bu esa mavjud Sirdaryo IES ko`rsatkichlaridan ikki barobar yuqoridir.






