1

“O`zbekneftgaz”: Rossiyaning qator moliyaviy institutlari bilan 257,3 mln dollar miqdorida hamkorlik shartnomalari imzolandi

Iqtisodiyot 19.11.2021, 21:10
“O`zbekneftgaz”: Rossiyaning  qator moliyaviy institutlari bilan 257,3 mln dollar miqdorida hamkorlik shartnomalari imzolandi

O`zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasiga rasmiy tashrifi doirasida O`zbekiston-Rossiya ikki tomonlama hamkorlikni turli sohalarda mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.

Jumladan, Rossiyaning “VEB.RF” banki, “EKSAR”, “Gazprombank” va “Bank GPB International S.A.” kompaniyalari  bilan “O`zbekneftgaz” AJ o`rtasida uglevodorodlar xom ashyosi qazib olishni ko`paytirish dasturini moliyalashtirish doirasidagi hamkorlik to`g`risidagi hujjatlar imzolandi.

“VEB.RF” kuzatuv kengashi rahbari o`rinbosari D.V. Algulyan, "EKSAR" bosh direktori N.V. Gusakov, “Bank GPB International S.A.” Boshqaruv raisi D.N. Derkach hamda “O`zbekneftgaz” AJ Mehriddin Abdullaev ushbu bitimlarni imzoladilar.

Ushbu bitimlar "VEB.RF", "EKSAR" AJ, "Gazprombank" AJ va “Bank GPB International S.A.” ishtirokida O`zbekiston Respublikasida neft va gaz qazib olishni ko`paytirish bo`yicha ish va xizmatlar ko`rsatish hamda Rossiya mahsulotlarini etkazib berishni moliyalashtirish uchun 257,3 mln dollar miqdorida bo`lishiga kelishib olindi.

Eslatib o`tamiz, “O`zbekneftgaz” AJning  yuqorida keltirilgan moliyaviy institutlar bilan “GTL” zavodining qurilishi, Sho`rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va boshqa ko`plab investision loyihalarda muvaffaqiyatli hamkorlik qilingan.  

Ta`kidlash joizki, uglevodorod xom ashyosini qazib olishni ko`paytirish Dasturi mamlakatimiz iqtisodiyotini ta`minlash maqsadida o`z ichiga burg`ilash, quduqlarni qayta ta`mirlash va texnologik ob`ektlarni qurish bo`yicha chora-tadbirlarni qamrab oladi.  

Dastur amalga oshirilgandan buyon 430 ta quduq qurilishi yakunlandi, 328 ta mavjud quduq kapital ta`mirlandi, “G`arbiy” konida blok-modulli kompressor qurilmasi ishga tushirildi, “Samontepa”, “Uchqir”, “Alan”, “Zevarda” siquv kompressor stansiyalari barpo etildi, shuningdek,  dastur doirasida “Arslon” konida gazni kompleks tayyorlash qurilmasi, “Dengizko`l” va “Janubiy Tandircha” siquv kompressor stansiyalarida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

“O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1