Joriy yilning 15-19 noyabr kunlari birja savdolariga qo`yilgan AI-80 markali avtomobil benzini savdolarida 556 ta tadbirkorlik sub`ektlari ishtirok etib, o`tgan haftaga (249 ta) nisbatan ushbu ko`rsatkich 2,2 barobarga oshgan.
Bunda, kichik hajmdagi lotlar bo`yicha savdolarda ishtirok etayotgan xaridorlar soni 345 tani tashkil etib, ular umumiy savdo ishtirokchilarining 62 foiziga to`g`ri kelgan.
Buning natijasida, joriy yil 19 noyabr kuniga kelib AI-80 markali benzinning 1 tonnalik lotlar bo`yicha o`rtacha sotilish narxi ishlab chiqaruvchilar kesimida quyidagilarni tashkil etdi:
- Buxoro NQIZ - 8 135 ming so`m (16 noyabrda 9 831 ming so`m) yoki 17 foizga arzonlashdi;
- “SANOAT ENERGETIKA GURUHI” MChJ XK – 8 162 ming so`m (16 noyabrda 9 696 ming so`m) yoki 16 foizga arzonlashdi;
- “Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ – 8 449 ming so`m (16 noyabrda 1 tn lotda sotilmagan).
Shuni ta`kidlash joizki, birja savdolariga qo`yilgan AI-80 markali benzinning 1 tonnalik lotlar bo`yicha ishtirokchilar talabi joriy yilning 19 noyabr kuni 1 857 tonnani tashkil etib (shundan 50 foizi qoplangan), 16 noyabr kuniga nisbatan kunlik talab 310 tonnaga oshgan.
Shu bilan birga, 2021 yilning 19 noyabr kuni birja savdolarida sotilgan AI-80 markali benzinning o`rtacha sotilish narxi 60 tonnalik lotlar bo`yicha 9 528 ming so`mni (hafta boshiga nisbatan 6 foizga pasaygan) tashkil etib, 1 tonnalik lotlarga nisbatan 1 393 ming so`mga qimmat narxlarda sotilgan.






