Gruziyaning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvili shanba kuni Tbilisi chekkasidagi Gldani tumanidagi qamoqxona shifoxonasidan boshqa joyga ko`chirildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, sobiq mamlakat rahbari Gori shahridagi harbiy kasalxonaga yotqizilgan.
Saakashvili harbiy kasalxonaga yo`l olishida shifokor, uning onasi, qamoqxona shifokorlari va advokatti hamrohlik qilgan.
Manbada aytilishicha, kasalxona atrofida vaziyat tinch. Binoning atrofini polisiya xodimlari o`rab olgan.






