AsosiyJamiyat

BAAda bo`lib o`tgan Osiyo Olimpiya kengashining yubileyida “Toshkent-2025” loyihasi e`tibor qozondi

'BAAda bo`lib o`tgan Osiyo Olimpiya kengashining yubileyida “Toshkent-2025” loyihasi e`tibor qozondi'ning rasmi

Kecha BAAning Dubay shahrida Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) yubiley 40-Bosh Assambleyasi bo`lib o`tdi. Unda tashkilot vise-prezidenti Otabek Umarov, O`zbekiston MOQ Bosh kotibi, "Toshkent-2025" direksiyasi direktori Oybek Kasimov hamda Qo`mita raisining o`rinbosari Azizjon Kamilov ishtirok etishdi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi.

 Kun tartibiga muvofiq, ma`ruzachilar yaqin vaqt ichida qit`amizda kutilayotgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik bo`yicha o`z taqdimotlarini namoyish etishgan.

 Ular orasida delegasiyamizning "Toshkent-2025" IV yoshlar Osiyo o`yinlariga tayyorgarlik bo`yicha tayyorlagan taqdimot va rolik ko`pchilikning diqqat-markazida bo`ldi. Boisi, Toshkent mezbonligida o`tadigan ushbu sport bayrami dasturiga har qachongidan ham ko`proq sport turlari kiritilishi rejalashtirilgan. Bu borada Oybek Kasimov o`z taqdimotida qit`adoshlarimizga batafsil ma`lumot berdi. Jumladan, taqdimotdan avval O`zbekiston haqida umumiy ma`lumotlar, uning sportdagi qudratini o`zida mujassam qilgan maxsus rolik namoyish etilgan.

Shuningdek, Xanchjou-2022 Osiyo o`yinlari, Tailandning Bangkok va Chonburi shaharlarida o`tadigan Jang san`ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o`yinlari va boshqa kompleks musobaqalarning tashkiliy qo`mitalari ham yig`ilganlarni o`z taqdimotlari bilan tanishtirishgan. 

    Boshqa yangiliklar