Kimlardir farzandga zor, yillar davomida uni dunyoga kelishini intiib kutadi. Biroq mana shu mehrga zorlik qadrini bilmagan ayrimlar esa o`z zurriyodini arzimas pullarga baholashi achinarli hol. Namanganda ana shunday holat yuz berdi. Ayol 5 oylik qizchasiini pullamoqchi bo`ldi.
Namangan viloyat IIB huzuridagi TB tergovchisi Ulug`bek Hayitaliev hodisa tafsilotlarini ma`lum qildi.
"Mazkur yil 8 noyabr kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan fuqaro ichki ishlar idorasiga ariza bilan murojaat qilib, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan ayol 5 oylik qizchasini 7.000.000 so`mga sotmoqchiligini ma`lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Mazkur ariza yuzasidan shu kuni viloyat II Boshkarmasi va tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Tadbir davomida ayol o`z qizini yashash uyi oldida arizachiga 7.000.000 so`mga sotishga kelishib, 3 mln so`m va 100 AQSh dollarini olayotgan vaqtida holislar guvohligida qo`lga olindi",-deydi u.
Balki ular vajlarida keltirilayotgan moddiyat va qiyinchiliklar sabab bu ishga qo`l urgandirlar, ammo hayot qiyinchiliklari va moddiy etishmovchiliklar hech qachon o`z farzandini boshqa shaxsga pullashiga sabab bo`la olmaydi.
Umida Qo`shoqova






