AsosiyJamiyat

Namangan “Issiqlik manbai” korxonasining 23 nafar xodimi ish haqi undirib berildi

'Namangan “Issiqlik manbai” korxonasining 23 nafar xodimi ish haqi undirib berildi'ning rasmi

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Namangan viloyatidagi “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish davlat unitar korxonasining 23 nafar xodimlarining ish haqi o`z vaqtida to`lanmaganligidan noroziligi to`g`risidagi murojaati o`rganib chiqildi.

O`rganish jarayonida 2021 yil 1 oktyabr holatiga Namangan viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish DUKda ishlovchi 23 nafar xodimlarining ish haqlaridan jami 197 474 068 so`m haqdorligi aniqlandi.

Vaholanki, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasida mehnatga haq to`lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo`lishi mumkin emasligi belgilangan.

Shuningdek, Mehnat kodeksining 154-moddasida ish beruvchi o`zining moliyaviy holatidan qat`i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida ko`rsatilgan muddatlarda to`lashi shartligi ko`rsatib o`tilgan.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martdagi “Ish haqi o`z vaqtida to`lanishiga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 88-son qarorining 3-bandida mulkchilik shakllaridan qat`i nazar korxonalar va tashkilotlar rahbarlari xodimlarga ish haqini o`z vaqtida va to`liq to`lanishi uchun shaxsan javobgar ekanligi ko`rsatilgan.

Murojaatni o`rganish yakuni yuzasidan Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolik ishlari bo`yicha Namangan tumanlararo sudiga ariza kiritilib, hodimlarga to`lanishi lozim bo`lgan jami 197 474 068 so`m hisoblangan, lekin to`lanmagan ish haqlarini undirish to`g`risida sudning prosessual hujjatlari qabul qilinishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar