AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda xodimlariga ish haqi bermagan MChJ ustidan o`rganish olib borildi

'Qashqadaryoda xodimlariga ish haqi bermagan MChJ ustidan o`rganish olib borildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqdagi “MUBORAK-EKO XAYoT” MChJ tomonidan xodimlarga oylik ish haqi berilmaganligi bayon qilingan xabar bo`yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o`rganish o`tkazildi.

Unga ko`ra, “MUBORAK-EKO XAYoT” MChJ tomonidan fuqaro T.Shomirzaev va jamiyatning 171-nafar ishchi va xizmatchilarining 2021 yil avgust oyi ish xaqlari to`liq, sentyabr oyi ish xaqidan 55 foiz miqdoridagi ish xaqlari joriy yilning 28 oktyabr kuni to`lab berilganligi ma`lum bo`ldi.

Shuningdek, jamiyat tomonidan fuqaro T.Shomirzaevning 2021 yil sentyabr oyi ish xaqining 45 foizi va oktyabr oyi ish xaqi jami 1 711 386 so`m hamda jamiyatning 171 nafar ishchi va xizmatchilarining 222 275 857 so`m miqdoridagi ish xaqlari, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-161 -moddalari talabiga ko`ra to`lab berilmaganligi sababli, mazkur ish haqlarini undirish masalasida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tomonidan fuqarolik ishlari bo`yicha Koson tumanlararo sudiga da`vo arizasi kiritdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar