Mirobod va Yashnobod tumanlari chegarasidagi “Kichik xalqa avtomobil yo`li” ko`chasida ko`prik qurilishi munosabati bilan vaqtinchalik kesib qo`yilgan xalqalovchi er osti o`rta bosimli D - 530 mm gaz quvurini qayta ulash ishlari rejalashtirilgan.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko`ra, shu sababli 4 ta tumanning ayrim joylarida gaz ta`minoti to`xtatiladi. Jumladan, 2021 yil 22 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Mirobod tumani “Nukus” 1 - tor ko`chasi 1 -2 - 6 - 7 - 9 - 10 - 11 - 13 - 14 - 15 - uylardagi 130 ta xonadonlarda, “Qo`shko`prik” ko`chasida 28 ta xonadonda, “Farg`ona yo`li” ko`chasidagi 15 ta erli xonadonlar hamda “O`zbekiston havo yo`llari”, “Sharapova”, “Temiryo`lnon”, “Shimoliy vokzal” qozonxonasi, “Zexinur” restorani, “Mehrigiyo” MChJ, A.Qodiriy ko`chasidagi ulgurji iste`molchilarida, “Hamal” ko`chasidagi ulgurji iste`molchilarida, Yashnobod tumanidagi “Tovarniy dvor” 13 A, “Energomontaj”, “Lak color sintez”, “Bolalar teatri”, Farg`ona Yo`li ko`chasidagi ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Sergeli tumani “Junariq ko`chasida joylashgan past bosim D - 76 mm gaz quvurini ta`mirlash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Sergelitumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 yil 22 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha “Junariq” mahallasidagi 93 ta erli xonadonlar hamda 4 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Yangihayot tumani “Yangi - Umid” mahallasida joylashgan o`rta bosim gaz quvurini ta`mirlash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yangihayottumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 yil 22 noyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha “Sergeli” 5 - mavzedagi 35 ta ko`p qavatli uylardagi 2240 ta xonadonlar hamda 6 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi.






